Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Slot Alissonning «Yuventus»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Slot Alissonning «Yuventus»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

So‘nggi vaqtlarda mashhur insayderlar va Italiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari «Liverpul» darvozaboni Alisson Beker hamda «Yuventus» o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralarni faol muhokama qilishmoqda.

APL doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot bu borada o‘z fikrini bildirdi.

«Men bor e’tiborimni faqat yaqin istiqbolga — uni imkon qadar tezroq darvozaga qaytarishga qaratganman. U haqidagi, men va boshqalar haqidagi bu gap-so‘zlar... Biz bu yerda mish-mishlarni ko‘rib chiqmaymiz. Biz faktlarga faqat zarurat tug‘ilgandagina chuqur yondashamiz, hozir esa bunga ehtiyoj yo‘q», — deya Slotning so‘zlarini keltirmoqda Ben Jeykobs.

Alissonning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. U jamoaga kelgan ilk kunlaridanoq «Liverpul»ning asosiy figuralaridan biri bo‘lib kelmoqda. Joriy mavsumda 33 yoshli braziliyalik posbon 34 ta o‘yinda maydonga tushdi (shulardan 13 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi) va o‘z darvozasidan 36 ta to‘p olib chiqdi.

Kiritildi: 17:45, 24.04.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик