Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La liga. «Real» «Betis»ga qarshi bahsda 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

La liga. «Real» «Betis»ga qarshi bahsda 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 32-turidan o‘rin olgan «Betis» — «Real» uchrashuvi yakuniga yetdi. Sevilyadagi «Olimpiko de Sevilya — La Kartuxa» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 17-daqiqasida “Qirollik klubi” hujumchisi Vinisius Junior hisobni ochdi. Shundan so‘ng har ikki jamoa gol urish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, "Real" darvozaboni Andrey Lunin va mezbonlar posboni kamida 3 tadan vaziyatda seyv namoyish etishdi. Mbappe ikkinchi bo‘limda jamoasining ikkinchi golini urgandi, ammo kichik ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

90+4-daqiqada esa mezbonlar deyarli xavf kutilmagan vaziyatdan gol urib ketishdi. Antoni raqib jarima maydoni ichida Ferlan Mendidan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon maydoniga uzatma berdi. Ryudiger qaytargan to‘pni "Betis" himoyachisi Ektor Belyerin darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, "Real" juda muhim bo‘lgan 2 ochkodan mahrum bo‘ldi va «Real» esa 74 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. «Betis» esa ushbu durang tufayli o‘z ochkolarini 50 taga yetkazib, o‘zi egallab turgan 5-pog‘onani mustahkamladi.

Keyingi turda Manuel Pellegrini shogirdlari 3 may kuni «Ovyedo»ga qarshi maydonga tushadi. Alvaro Arbeloa boshchiligidagi «Real» esa shu kuni «Espanyol» bilan kuch sinashadi.

Ispaniya — La Liga, 32-tur
24 aprel 2026 yil, juma
«Betis» — «Real Madrid» 1:1
Gollar: Vinisius Junior, 17 (0:1), Ektor Belyerin, 90+4 (1:1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:09, 25.04.2026.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик