Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» Italiyadan hujumchi topdi

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» Italiyadan hujumchi topdi

Baho:
+ | -

«Bolonya» vingeri Jonatan Rou Italiya A Seriyasini Angliya Premyer-ligasiga almashtirishi mumkin, deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga ikkita top-klub qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari haqida ketmoqda. Klub vakillari Italiya chempionatida bo‘lajak yangi o‘yinchining chiqishlarini kuzatib borishmoqda.

Rouning «Bolonya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Vingerning bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Jonatan 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:25, 25.04.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик