Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ular kompyuterda «futbol menejeri» o‘ynashyapti» — Tim Shervud «Chelsi» rahbariyatini tanqid qildi

«Ular kompyuterda «futbol menejeri» o‘ynashyapti» — Tim Shervud «Chelsi» rahbariyatini tanqid qildi

Baho:
+1 | -

«Tottenxem» klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Tim Shervud «Chelsi»ning hozirgi boshqaruv tizimi haqida keskin fikr bildirdi.

Shervud Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida londonliklar rahbariyati futbolni tushunmaydigan insonlardan tashkil topganini ta’kidlagan.

«Ichki futbol jarayonlarini futbol odamlari boshqarishiga qo‘yib bering. «Chelsi»da beshta sport direktori bor, lekin ularning hech biri ilgari futbol o‘ynamagan. Agar men uy qurmoqchi bo‘lsam, ilgari uy qurgan odamni chaqiraman, uy qura olaman deb o‘ylaydigan odamni emas. «Chelsi» rahbariyati kompyuterda «futbol menejeri» o‘yinini o‘ynayotganga o‘xshaydi», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 34 turidan so‘ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 20:14, 25.04.2026.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик