Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» kamerunlik futbolchi uchun kurash olib boradi

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» kamerunlik futbolchi uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba bo‘lajak transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. «Qizil iblislar» kamerunlik futbolchini bir necha yildan beri kuzatib kelishmoqda.

Iste’dodli xavbek bilan og‘zaki kelishuvga o‘tgan yozdayoq erishilgan edi, biroq o‘shanda «chaykalar» futbolchini qo‘yib yuborishni qat’iyan rad etishgan. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, endi «Brayton» Balebani sotishga tayyor — «Manchester Yunayted» esa allaqachon taklif tayyorlamoqda. 22 yoshli futbolchiga, shuningdek, «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali Karlos Balebaning narxini 55 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda tayanch yarim himoyachisi 31 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshirmadi.

Kiritildi: 11:36, 26.04.2026.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик