Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sandro Tonali Italiyaga qaytmoqchi: APL grandlari esa bunga to‘sqinlik qilishga tayyor

Sandro Tonali Italiyaga qaytmoqchi: APL grandlari esa bunga to‘sqinlik qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bosh qotirmoqda. Teamtalk jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Italiya A Seriyasiga qaytish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, vatanida Tonalining o‘yinlarini «Inter», «Yuventus» va Sandro Tumanli Albionga ko‘chib o‘tishdan oldin to‘p surgan «Milan» klublari kuzatib bormoqda. APLda esa yarim himoyachiga «Arsenal», «Chelsi», «MYU» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.

«Nyukasl» esa, o‘z navbatida, yulduz futbolchisini sotish orqali 80 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgan. Joriy mavsumda Tonali 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Xavbek o‘z hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:39, 26.04.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик