Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi: «Yangi Messini boshqa ko‘rmasak kerak»

Xavi: «Yangi Messini boshqa ko‘rmasak kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining noyobligi haqida gapirib o‘tdi. Ispaniyalik va argentinalik yulduzlar 2000-yillarning boshidan to 2015 yilgacha, ya’ni yarim himoyachi Qatarga yo‘l olguniga qadar «ko‘k-anorranglilar» safida birga to‘p surishgan.

«Adashishni xohlardim-ku, lekin qachondir yangi Messini ko‘ramiz deb o‘ylamayman. Men u bilan 15 yil birga o‘ynadim va u har tomonlama eng zo‘ri edi — texnik jihatdan, jismoniy holat va o‘yinni tushunish borasida unga teng keladigani yo‘q edi. U hatto bosh bilan ham yaxshi zarba berardi, o‘ng oyog‘ida ham ajoyib o‘ynardi. Ruhiy jihatdan ham u haqiqiy «maxluq» (monstr) edi — yengilmas, fenomenal inson. U bilan birga o‘ynash boshqalarga qaraganda ancha oson edi. Siz shunchaki to‘pni unga uzatasiz va u hammasini eng yaxshi tarzda amalga oshirishini bilasiz. Uning yonida hamma yaxshiroq ko‘rinardi», — dedi Xavi. Uning so‘zlarini Barca Universal nashri keltirmoqda.

Lionel Messi «Barselona»ni 2021 yilda tark etgan edi. 2023 yilning yozidan buyon hujumchi «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 12:44, 26.04.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик