Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Dokuga qarshi yakkama-yakka himoyalanish — imkonsiz vazifa»

Gvardiola: «Dokuga qarshi yakkama-yakka himoyalanish — imkonsiz vazifa»

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi yarim finalida «Sautgempton» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng vinger Jeremi Dokuni maqtab o‘tdi.

Belgiyalik futbolchi «shaharliklar»ga o‘yin yakunida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi: 82-daqiqada u hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Niko Gonsalesga golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Doku muvaffaqiyatli aldamchi harakatlar (dribling) bo‘yicha ham hayratlanarli ko‘rsatkich qayd etdi — 14 ta urinishdan 11 tasi muvaffaqiyatli chiqdi.

«Dokuning oxirgi ikki yil ichida o‘sishga erishgani — aql bovar qilmaydigan darajada. U nafaqat driblingda yaxshi, balki burchak to‘plari ishlab oladi va katta xavf tug‘diradi. Unga qarshi yakkama-yakka himoyalanish deyarli imkonsiz — raqiblarga albatta yordamchi kuch kerak bo‘ladi. Unga qarshi ikki-uch kishi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘lishadi, ularning qanot himoyachisi juda agressiv bo‘lishi lozim. Bularning barchasi boshqa futbolchilarimizning erkin qolishiga va qo‘shimcha bo‘sh hududlarga ega bo‘lishiga olib keladi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.

4 may kuni «Siti»ni APL doirasida «Everton»ga qarshi navbatdagi bahs kutmoqda.

Kiritildi: 13:15, 26.04.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик