Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Manchesterning ikki grandi bir transfer borasida qattiq kurash olib boradigan bo‘lishdi

Manchesterning ikki grandi bir transfer borasida qattiq kurash olib boradigan bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi grandlari yozgi transfer oynasi uchun tarkibni kuchaytirish rejalarini tuzishmoqda. The Touchline nashri jurnalist Gari Stounxausga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «ayovsiz kurash» olib bormoqda.

«O‘rmonchilar» allaqachon Anderson ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga nomzod topib qo‘yishgan. «Nottingem Forest» ushbu transferdan 100 million funt sterling (taxminan 115 million yevro) ishlab olishi kutilmoqda.

Elliot Anderson 23 yoshda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi 44 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:44, 26.04.2026.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик