Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» yetakchi futbolchilari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi

«Barselona» yetakchi futbolchilari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida ayrim futbolchilari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» o‘z o‘yinchilarini arzon garovga sotish niyatida emas va hech qanday chegirmalar qilishmaydi. Xususan, Alexandro Balde, Jyul Kunde va Ronald Arauxo kabi yuqori bozor qiymatiga ega bo‘lgan futbolchilar bosh murabbiy Xans-Diter Flikning kelgusi rejalaridan o‘rin olgan.

Klub rahbariyati ushbu o‘yinchilarning harakatlaridan mamnun bo‘lsa-da, agar manfaatli takliflar tushsa, ularni sotish imkoniyatini inkor etmayapti. Manbaning ta’kidlashicha, himoyachilar orasida jamoani tark etishi eng ehtimolli bo‘lgan nomzod — Balde bo‘lib turibdi. Uning boshlang‘ich narxi taxminan 50 million yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ayni paytda Ispaniya La Ligasida 33-turdan so‘ng 85 ochko bilan turnir jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubidan 11 ochkoga o‘zib ketgan.

Kiritildi: 11:13, 27.04.2026.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик