Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Neymar «Santos» mashg‘ulotlariga kelmadi: Klub futbolchi bilan bog‘lana olmayapti

Neymar «Santos» mashg‘ulotlariga kelmadi: Klub futbolchi bilan bog‘lana olmayapti

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Neymar jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda ESPN Brasil nashri xabar bermoqda.

Rejaga ko‘ra, chempionat doirasidagi «Bayya»ga qarshi bahsda maydonga tushmagan futbolchilar yakshanba kuni mashg‘ulot o‘tkazishlari lozim edi. Biroq 34 yoshli hujumchi belgilangan vaqtda mashg‘ulotlar bazasida ko‘rinish bermagan. Hozircha yulduz futbolchining nima sababdan kelmagani noma’lum bo‘lib qolmoqda. Klub rahbariyati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi va uning vakillari bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda Neymar va «Santos» o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan birida muxlislar futbolchini hushtaklar bilan kutib olishgan, Neymar esa bunga keskin va asabiy tarzda munosabat bildirgan edi.

Bundan tashqari, OAVda «Barselona» va «PSJ» sobiq yulduzining xatti-harakatlaridan ayrim jamoadoshlari ham norozi ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu voqealar fonida futbolchining mashg‘ulotga kelmagani klubdagi ichki muhitni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Kiritildi: 11:38, 27.04.2026.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик