Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Roma" Saragosa bo‘yicha qaror qabul qildi

"Roma" Saragosa bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi ispaniyalik qanot hujumchisi Brayan Saragosaning transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Myunxenning «Bavariya» klubiga qaytadi. «Roma» Saragosani shu yilning fevral oyida ijaraga olgan edi. Biroq o‘tgan vaqt davomida futbolchi Rim klubi asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmadi. U jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i bitta golli uzatmani amalga oshirdi, xolos.

Ma’lumot uchun, vingerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:57, 27.04.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик