Kirish Ro'yxatdan o'tish

Prevyu: “Mash’al” – “Buxoro”

Prevyu: “Mash’al” – “Buxoro”

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” – “Buxoro” uchrashuvini Shavkat Nasibullayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Amir Galeev va Daniil Yasenko yordam beradi. Zahira hakami — Muhammadali Baxtiyorov. Hakamlar nazoratchisi — Zokir Qodirov. Uchrashuv komissari — Shohruh Said.

O‘zaro o‘yinlar

“Mash’al” va “Buxoro” shu kungacha Superligada 36 marta to‘qnash kelgan. Ularning 17 tasida “Mash’al”, 7 bor “Buxoro” yutuqqa erishgan. 12 o‘yin durang bilan yakunlangan.

Muborakliklar raqib darvozasini 54 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, buxoroliklar esa 35 gol urgan.

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi — 4:0. “Buxoro”da ham bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 15:35, 27.04.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик