Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Trampning maxsus vakili Italiyaning JCHga borishi haqida: «Imkoniyat 50% dan yuqori, Tramp va Infantino hal qiladi»

Trampning maxsus vakili Italiyaning JCHga borishi haqida: «Imkoniyat 50% dan yuqori, Tramp va Infantino hal qiladi»

Baho:
+ | -

AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli Italiya terma jamoasining JCH-2026da ishtirok etish ehtimolini baholadi.

Avvalroq Dzampolli Eron terma jamoasini Italiyaga almashtirish taklifi bilan chiqqan edi. AQSH va Isroil bilan bo‘layotgan urush sababli, Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda.

«Italiyaning Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli qanday? Menimcha, 50 foizdan yuqori. Shu dam olish kunlari Mayamida, «Formula-1» Gran-prisida Infantino (FIFA prezidenti) bilan uchrashaman.

Jahon chempionati Italiyasiz o‘tmasligi kerak, qarorni Infantino va Tramp qabul qiladi. Urush sababli Eronning ishtiroki hali tasdiqlanmaganini ko‘rdim va Infantinodan Italiyaning qatnashish imkoniyati haqida so‘radim.

Bundan tashqari, viza olish juda qiyin va biz noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishi mumkin bo‘lgan odamlarni ko‘rishni istamaymiz. Agar siz Qo‘shma Shtatlarda kutilmagan odamlarni yuborayotgan bo‘lsangiz, ularning kelmagani ma’qul. Men Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashganim yo‘q, lekin u o‘z fikrini o‘zgartirmagan.

Eronlik futbolchilar juda, juda qadrlanadi, ammo vazir Rubio ular Qo‘shma Shtatlar ko‘rishni istamagan odamlarni olib kelolmasligini aniq aytdi. Agar Eron ishtirok etmasa, kimnidir yuborishga tayyormizmi-yo‘qmi bilmayman, lekin har qanday narsa sodir bo‘lishi mumkin», — dedi Dzampolli.

Kiritildi: 22:40, 27.04.2026.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик