Bugun, 28 aprel oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining yarim final bosqichiga start beriladi. Ilk uchrashuvda Fransiyaning «PSJ» hamda Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Tahlilchilarning fikricha, bo‘lajak bahsda parijliklarning g‘alaba qozonish imkoniyati 40,4 foizni tashkil etmoqda. Myunxenliklarning muvaffaqiyati esa 35,3 foizga baholanmoqda. Uchrashuvda durang qayd etilish ehtimoli 24,3 foizga teng.
Ma’lumot uchun, jamoalar so‘nggi bor 2025 yilning 4 noyabr kuni musobaqaning guruh bosqichida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda «Bavariya» safarda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan.













