Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Vinisius Antonining o‘g‘liga: «Sen otangdan ancha chiroylisan»

Vinisius Antonining o‘g‘liga: «Sen otangdan ancha chiroylisan»

Baho:
+ | -

La Liganing 32-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» va «Betis» (1:1) uchrashuvi oldidan tribuna osti yo‘lagida qiziqarli voqea yuz berdi. «Qirollik klubi» yulduzi Vinisius Junior raqib jamoa vakili Antoni va uning farzandi bilan samimiy suhbatlashdi.

DAZN kameralariga muhrlangan kadrlarda Vinisiusning Antoniga qarata hazil qilganini ko‘rish mumkin: «Soch turmaging ajoyib. Endi sen jiddiy odamsan, ikki farzandning otasisan-a?». Shundan so‘ng Antoni o‘g‘lini chaqirib, Vinisius bilan tanishtirdi. Braziliyalik vinger bolakaydan: «Gollar urib turibsanmi? Kim kuchliroq — senmi yoki otangmi?» deb so‘radi.

Kichik Antoni nafaqat Vinisius, balki Kilian Mbappe bilan ham salomlashdi va Judu Bellingemdan o‘yindan so‘ng dastxat berishini iltimos qildi. Bolakayning o‘zini tutishidan hayratlangan Vinisius yana hazil bilan suhbatni yakunladi: «Bu bola hamma bilan gaplasharkan, hech kimdan tortinmaydi. Sen otangga o‘xshamabsan, undan ancha chiroylisan».

Kiritildi: 17:11, 28.04.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик