Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Oltin to‘p» sohibining rekordi yangilandi: Xvicha «PSJ» tarixiga kirdi

«Oltin to‘p» sohibining rekordi yangilandi: Xvicha «PSJ» tarixiga kirdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» vingeri Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar Ligasining bitta mavsumida samarali harakatlar amalga oshirish bo‘yicha yangi klub rekordini o‘rnatdi. Gruziyalik futbolchi seshanba kuni «Bavariya»ga qarshi kechgan yarim final bahsida dubl qayd etib, g‘alaba (5:4) qahramonlaridan biriga aylandi.

Shu tariqa, 25 yoshli futbolchining Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi «gol+pas» tizimi bo‘yicha ochkolari 15 taga (10 ta gol va 5 ta assist) yetdi — bu «PSJ» tarixidagi yangi rekorddir. Avvalgi rekord Usmon Dembelega tegishli edi; u o‘tgan mavsumda jamoaning 14 ta golida (8 ta gol va 6 ta assist) bevosita ishtirok etgandi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi o‘zining o‘sha ajoyib ishtiroki uchun o‘tgan kuzda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:48, 29.04.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик