Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Keyn, Dias va Olise dahshatli natija qayd etishmoqda

Keyn, Dias va Olise dahshatli natija qayd etishmoqda

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning hujum triosi joriy mavsumda yuzta gol marrasini zabt etdi. Xarri Keyn, Maykl Olise va Luis Dias Chempionlar Ligasi yarim finalida «PSJ»ga qarshi kechgan (4:5) bahsda yana o‘z mahoratlarini namoyish etishdi: ingliz hujumchisi bitta gol va bitta assist qayd etgan bo‘lsa, fransuz va kolumbiyalik futbolchilar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Endilikda ushbu uch futbolchining joriy mavsumdagi barcha turnirlarda urgan gollari soni umumiy 100 taga yetdi. Keyn 46 ta o‘yinda 54 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Dias xuddi shuncha o‘yinda 26 ta gol urdi. Olise hisobida esa 47 ta bahsda 20 ta gol mavjud.

«Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda Londonning «Arsenal» yoki Madridning «Atletiko» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 09:55, 29.04.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик