«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann o‘zining o‘yin uslubi haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Chiroyli golli uzatma berish menga darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishdan ko‘ra ko‘proq yoqadi. Men ko‘proq bir yoki ikki teginish bilan o‘ynaydigan futbolchiman.
Men unchalik effektli (ko‘zga tashlanadigan darajada yorqin) o‘yinchi emasman, lekin shu bilan birga jamoadoshlarim uchun vaziyatlar yaratishga va xuddi «Tottenxem»ga qarshi [1/8 final] uchrashuvida (5:2) bo‘lgani kabi raqiblarga kutilmagan sovg‘alar taqdim etishga harakat qilaman», — dedi Grizmann.













