Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 2-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 0-0 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Nimadir yetishmaydigan jamoa» tamg‘asidan qutulish vaqti keldimi? Edegor «Arsenal»ning maqsadlarini ochiqladi

«Nimadir yetishmaydigan jamoa» tamg‘asidan qutulish vaqti keldimi? Edegor «Arsenal»ning maqsadlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Edegor Chempionlar ligasining dastlabki yarim final uchrashuvi oldidan jamoadagi kayfiyat haqida gapirib berdi.

«G‘olib chiqmagunimizcha, «nimadir yetishmaydigan jamoa» degan tamg‘a biz bilan birga bo‘laveradi. Bu — biz ko‘nikishimiz kerak bo‘lgan holat. Biz mavjud tajriba va saboqlardan to‘g‘ri yo‘nalishda foydalanishimiz lozim. Bu futbolning va bosib o‘tiladigan yo‘lning bir qismidir. Biz hozirgi kun bilan yashashimiz kerak.

Ayni damda ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. APLda ham, Chempionlar ligasida ham ajoyib pozisiyadamiz. Endi bor e’tiborimizni eng yaxshi sport formasida bo‘lishga qaratishimiz kerak. Bundan qanday qilib zavqlanmaslik mumkin? Biz, ehtimol, dunyoning eng qiyin va raqobatbardosh ligasida o‘ynayapmiz, chempionlik uchun kurashyapmiz va Chempionlar ligasining yarim finalidamiz. Bundan zavq olmaslikni tasavvur qilish men uchun qiyin. Bu — bolaligimizdan, butun umrimiz davomida orzu qilgan lahzalarimiz. Bu mavsumning eng zo‘r qismi. Hamma tayyor, jamoadagi energiya shunchaki hayratlanarli», — deya 27 yoshli norvegiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN.

«Arsenal» 29 aprel kuni Madridda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:26, 29.04.2026.
O'qildi: 328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик