Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Navbahor» ustidan Krivokapichning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishdi

Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Navbahor» ustidan Krivokapichning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Namanganning «Navbahor» klubini qabul qildi.

Mehmonlar o‘yinni juda faol boshladi va 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shohmalik Komilov aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.

«Bunyodkor» tez orada hisobni tenglashtirgandek bo‘ldi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi. Shunga qaramay, mezbonlar bosimni kuchaytirdi va 28-daqiqada Matiya Krivokapich hisobni tenglashtirdi. Bu safar gol to‘liq qonuniy deb topildi.

Ikkinchi bo‘limda ham tashabbus «qaldirg‘ochlar» tomonida bo‘ldi. 58-daqiqada yana Matiya Krivokapich o‘zini ko‘rsatib, dubl rasmiylashtirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan vaqtda «Navbahor» hisobni tenglashtirishga urindi, ammo «Bunyodkor» himoyasi ishonchli o‘ynadi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Superliga, 10-tur
29 aprel, chorshanba
«Bunyodkor» — «Navbahor» 2:1
Gollar: Shohmalik Komilov, 2 (0:1), Matiya Krivokapich, 28 (1:1), 58 (2:1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:03, 29.04.2026.
O'qildi: 304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик