Proliga 6-turi doirasida “Metallurg” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. Bahsdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Uchrashuv haqida fikr bildirar ekan, murabbiy o‘yin qiziqarli kechganini ta’kidladi:
“Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. "Olimpik Mobiuz" so‘nggi mavsumlarda shakllanib kelayotgan yaxshi jamoa. Biz g‘alaba uchun maydonga tushgandik, ammo so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik — bu futbol.”
Murabbiy jamoa natijasidan to‘liq qoniqmaganini, biroq peshqadamlik saqlanib qolayotganini ham qayd etdi:
“Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Hozirda 14 ochko bilan jadvalda yetakchimiz. Endi xatolar ustida ishlaymiz va keyingi o‘yinga tayyorlanamiz.”
Shuningdek, u tarkibdagi yo‘qotishlar haqida ham to‘xtaldi:
“Maksvel jarohat oldi va uni almashtirishga to‘g‘ri keldi.”
Ilhom Mo‘minjonov jamoaning asosiy maqsadi Superliga yo‘llanmasi ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi:
“Asosiy maqsad — Superliga. Shunga qaramay, kubokda ham har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz.”













