Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Gvardiola: «Yoqmasa — Fransiya yoki Portugaliyaga keting!»

Gvardiola: «Yoqmasa — Fransiya yoki Portugaliyaga keting!»

Baho:
+ | -2

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o‘yinlar taqvimi haqida mulohaza yuritdi. Mutaxassisdan Fransiyadagi vaziyatga, ya’ni liga bahorda «PSJ»ning Chempionlar ligasiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishi uchun bir nechta o‘yinlarini ko‘chirganiga munosabat bildirishini so‘rashdi.

«Boshqa mamlakatlarda bunday holatlar bo‘lishi mumkin, ammo Angliyada hammasi qanday bo‘lsa shundayligicha qoladi. Biz moslashishimiz kerak. Agar bu sizga yoqmasa — Fransiya yoki Portugaliyaga borib murabbiylik qiling. Menga shu yerda bo‘lish yoqadi. Hatto «Barselona»da bo‘lgan vaqtimda ham APL murabbiylari taqvimdan tez-tez shikoyat qilishlarini kuzatardim. Shu bois, bu yerda boshqacha bo‘lishini kutmagandim», — dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, 4 may, dushanba kuni «Manchester Siti» mehmonda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:33, 01.05.2026.
O'qildi: 5798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик