Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Karvaxal jarohat oldi. U «el-klasiko»ni o‘tkazib yuboradi

Karvaxal jarohat oldi. U «el-klasiko»ni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sardori Daniel Karvaxal yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi. 34 yoshli futbolchi oyoq barmog‘ining sinishi tufayli safdan chiqdi, bu haqda yaqinda klub rasmiy ma’lumot berdi.

Diario AS nashrining yozishicha, o‘ng qanot himoyachisining tiklanishi uchun taxminan ikki hafta vaqt talab etiladi. Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi nafaqat «Espanyol»ga qarshi bo‘lajak o‘yinni, balki 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona» bilan to‘qnashuvni ham o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Daniel Karvaxal jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Alvaro Arbeloa shogirdlari La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barsa»dan 11 ochko ortda qolmoqda. Chempionat yakunigacha bor-yo‘g‘i besh tur qoldi.

Kiritildi: 15:29, 02.05.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик