Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Chex «Chelsi» darvozabonlarining muammolarini ko‘rsatib o‘tdi

Chex «Chelsi» darvozabonlarining muammolarini ko‘rsatib o‘tdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq posboni Pyotr Chex London klubi darvozabonlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Darvozabon sifatida shuni ayta olamanki, agar jamoang qiyinchiliklarga duch kelsa, demak senda ham muammolar yuzaga keladi. Chunki sen himoyasiz qolasan va zimmangga ulkan bosim tushadi. Bu sening o‘yiningga ta’sir qilishi mumkin, sababi darvozabon — jamoaviy ishga, atrofidagi odamlarning yordamiga yoki mavjud tizimga bog‘liqdir.

Sanches, ko‘rinib turibdiki, juda katta salohiyatga ega va bu ayrim o‘yinlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Siz uning qobiliyatini, zarbalarni qaytarish mahoratini va ma’lum vaziyatlardagi «seyv»larini ko‘rishingiz mumkin. Ammo unda ustida ishlashi kerak bo‘lgan jihatlar ham bor, masalan — barqarorlik. Shunday o‘yinlar bo‘ladiki, u aniq noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi va darvozabon sifatida bu qarorlar juda ko‘zga tashlanib qoladi.

Filip Yorgensen bilan bog‘liq vaziyat esa qiziq. Unga bir-ikki marta asosiy tarkibda tushish imkoniyati berilgan har safar, u jarohat olib qoldi va hammasi u xohlagandek kechmadi. Ularning iqtidoridan kelib chiqib aytsam, «Chelsi» ularni sotib olganidan hayron emasman, lekin menimcha, jamoa ulardan maksimal darajada foydalana olmayapti», — dedi Chex The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Ayni damda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 34 turdan keyin 48 ochko jamg‘arib, to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:55, 03.05.2026.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик