Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

«Manchester Yunayted» 10 yillik natijani takrorladi

«Manchester Yunayted» 10 yillik natijani takrorladi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 35-turida «Manchester Yunayted» «Liverpul»dan ustun keldi. Ma’lum bo‘lishicha, «mankunianliklar» joriy mavsumda raqiblarini ikkinchi bor mag‘lub etishdi — birinchi davrada «Enfild»da kechgan bahsda ham 2:1 hisobida zafar quchishgan edi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» APL doirasida mavsumdagi har ikki o‘yinda ham «Liverpul»ni mag‘lub etishga erishdi. Bunday natija oxirgi marta «Lester» triumf bilan yakunlagan o‘sha mashhur 2015/2016 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O‘shanda Lui van Gal boshqaruvidagi «qizil iblislar» raqiblarini 3:1 va 1:0 hisoblarida mag‘lub etib, mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlashgan. Yurgen Klopp qo‘l ostidagi ilk yilini o‘tkazayotgan «Liverpul» esa o‘sha chempionatda bor-yo‘g‘i sakkizinchi pog‘onani egallagan edi.

Kiritildi: 08:27, 04.05.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик