Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Endrik «Real»ga qaytishdan ko‘ra «Lion»da qolishni afzal ko‘rmoqda

Endrik «Real»ga qaytishdan ko‘ra «Lion»da qolishni afzal ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubidan «Lion»ga ijaraga berilgan hujumchi Endrik Fransiyada qolmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ijara shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi va lionliklarda braziliyalik futbolchini sotib olish huquqi mavjud emas. Shunga qaramay, 19 yoshli o‘yinchi jamoada qolishdan mamnun bo‘lishini ochiq-oydin bildirdi.

«To‘g‘risini aytsam, «Lion»da qolishni juda xohlardim. Klubda o‘zimni qulay his qilishim uchun barcha ishlar qilinmoqda. Men bu yerda baxtliman. Biroq, agar kerak bo‘lsa, albatta «Real»ga qaytaman», — deya Endrikning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Yakshanba kuni hujumchi Paulu Fonseka shogirdlarining «Renn» ustidan qozonilgan g‘alabasiga (4:2) o‘z goli bilan hissa qo‘shdi.

Kiritildi: 09:41, 04.05.2026.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик