Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Vilyarreal» bosh murabbiyning ketishini rasman e’lon qildi

«Vilyarreal» bosh murabbiyning ketishini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

Marselino Toral joriy mavsum yakunida «Vilyarreal»dagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda Ispaniya klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, u uzaytirilmaydigan bo‘ldi. Marselino «Vilyarreal»ga 2023 yilning kuzida qaytgan edi. Bungacha u 2013 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda ham jamoa bilan ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Toral shogirdlari o‘z uyida «Levante»ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ispaniya chempionatining 34 turidan so‘ng jamoa 68 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi 35-turda «Vilyarreal» 10 may kuni safarda «Malyorka»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:28, 04.05.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик