Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Liverpul» Jyul Kunde uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor

«Liverpul» Jyul Kunde uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» klubi o‘ng qanot himoyasi tizimini mustahkamlash maqsadida fransiyalik futbolchini asosiy nishon sifatida belgilagan. Mersisaydliklar ushbu transferni amalga oshirish uchun «sezilarli darajada katta summa» to‘lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

O‘z navbatida, moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «Barselona» rahbariyati ham Kundening sotilishini istisno etmayapti. Agar ingliz klubidan manfaatli taklif tushsa, kataloniyaliklar 25 yoshli himoyachi bilan xayrlashishga rozi bo‘lishlari mumkin.

Kiritildi: 12:06, 05.05.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик