Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Bavariya» o‘z tarixida biror marta YECHL yarim finalidagi birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng vaziyatni o‘nglay olmagan

«Bavariya» o‘z tarixida biror marta YECHL yarim finalidagi birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng vaziyatni o‘nglay olmagan

Baho:
+ | -

«Bavariya» Chempionlar ligasining (1992/1993 yilgi mavsumdan boshlab) pley-off bosqichidagi ikki o‘yinlik qarama-qarshiliklarning dastlabkisida 16 bor mag‘lubiyatga uchragan. Shulardan faqat to‘rttasida Myunxen klubi birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatga qaramay, keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq, yarim final bosqichida «Bavariya» birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng hali biror marta umumiy natijani o‘z foydasiga o‘zgartirib, finalga yo‘l ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 may kuni, Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining yarim final javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda «Bavariya» va «PSJ» jamoalari to‘qnash kelishadi.

Birinchi o‘yinda parijliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Bugun «Bavariya» ushbu noxush an’anaga chek qo‘ya oladimi yoki yo‘q, buni yaqin soatlar ichida bilib olamiz.

Kiritildi: 17:05, 06.05.2026.
O'qildi: 360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик