Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Gavi: «Messi sababli «Barselona» muxlisiga aylanganman»

Gavi: «Messi sababli «Barselona» muxlisiga aylanganman»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi klubning sobiq yulduzi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik yulduz «ko‘k-anorranglilar» safini 2021 yilda tark etgan edi. Gavi esa sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi ketganidan ko‘p o‘tmay kataloniyaliklarning asosiy jamoasida debyut qilgan.

«Messi — barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi. U ham La Masiyadan yetishib chiqqan va bu yerda hamma uni o‘z kumiri hamda ibrat namunasi deb biladi. Men akademiyada o‘ynab yurgan kezlarimda, u asosiy jamoada porlar edi, biz esa unga havas bilan qarardik. Ko‘pchilik qatori, men ham bolaligimda aynan Messi sababli «Barsa» muxlisiga aylanganman», — deya 21 yoshli xavbekning so‘zlarini keltiradi «Managing Barca».

Kiritildi: 03:03, 07.05.2026.
O'qildi: 246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик