Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Rossiyalik jurnalist Luis Enrikening darvozabon Safonovga bergan maxsus ko‘rsatmasi haqida fikr bildirdi

Rossiyalik jurnalist Luis Enrikening darvozabon Safonovga bergan maxsus ko‘rsatmasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Futbol sharhlovchisi Nobel Arustamyan “PSJ” darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Bavariya”ga qarshi bahsda (1:1) darvozadan to‘p kiritish paytida ataylab to‘pni autga tepgan-tepmagani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq bu holat parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening myunxenliklar qanot hujumchisi Maykl Olise xavfini kamaytirish rejasi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Matvey Safonov va Xvichani Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlari bilan tabriklayman. RPLdan chiqqan futbolchilar hozir Yevropaning eng yaxshi jamoasi tarkibida Chempionlar ligasini zabt etayotgani quvonarli.

Kechagi o‘yin davomida Safonov negadir to‘pni juda uzoqqa, asosan chap qanotga tepayotgani ko‘zga tashlandi. Go‘yo bir nuqtaga mo‘ljallab tepgandek. Shu bilan birga, to‘p doim autga chiqib ketardi va bu “PSJ” futbolchilari hamda murabbiylar shtabida mutlaqo xavotir uyg‘otmasdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Matvey 32 ta uzun uzatmani amalga oshirgan, ulardan aniq chiqqanlari — oltita. Qanday qilib? Le Parisien bugun Luis Enrike Safonovdan ataylab to‘pni autga tepishni so‘ragani haqida insayd tarqatdi. Shu orqali jamoa Maykl Olise harakat qiladigan hududni to‘ldirib, unga qarshi pressingni kuchaytirgan.

Agar bu rost bo‘lsa, Enrikening rejasi ish bergan — Olise butun o‘yin davomida darvoza tomon aniq bor-yo‘g‘i bitta zarba yo‘lladi. Garsi “Telegram”da ko‘pchilik Safonov ataylab autga tepganiga shubha qilayotgan bo‘lsa ham.

Talqinlardan qat’i nazar, kecha biz Luis Enrike o‘yinni qay darajada mayda detallargacha tahlil qilishini yana bir bor ko‘rdik. U uchun mayda narsaning o‘zi yo‘q, hatto autga uzoq tepilgan to‘p ham raqib uchun ayyor tuzoqqa aylanishi mumkin», — deb yozdi Arustamyan o‘zining Telegram-kanalida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:41, 07.05.2026.
O'qildi: 172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик