Madridning «Real» klubi muxlislari jamoada fransiyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappeni ko‘rishni istamayaptilar. Tarmoqlarda «qirollik klubi» ishqibozlari hujumchining jamoadan ketishini talab qilayotgan «Mbappe Out» petisiyasi faol ravishda ilgari surilmoqda.
Petisiya e’lon qilinganidan keyin bir necha kun ichida 40 milliondan ortiq ovoz to‘pladi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki sutkaning o‘zidayoq 10 million nafar muxlis Mbappening ketishi uchun ovoz bergan edi.
Kilian 2024 yilning yozidan buyon Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Fransiyalik futbolchining «qaymoqranglilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.













