Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda Gvardioladan ko‘proq «oyning eng yaxshi murabbiyi» sovrinini faqat ikki murabbiy qo‘lga kiritgan

APLda Gvardioladan ko‘proq «oyning eng yaxshi murabbiyi» sovrinini faqat ikki murabbiy qo‘lga kiritgan

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola aprel oyi yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Qayd etish joizki, bu Gvardiola uchun APLdagi faoliyati davomidagi 13-sovrin bo‘ldi.

Faqat ikki murabbiy undan ko‘proq bunday mukofotga ega chiqqan va ularning kimligini topish qiyin emas. Gap ilgari «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublarida ishlagan Arsen Venger va Aleks Fergyuson haqida ketmoqda. Venger 15 marta, Fergyuson esa 27 marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Biroq mutaxassis shu yozdayoq klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Kiritildi: 06:20, 09.05.2026.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик