Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sherki Gvardiola bilan ishlashdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Sherki Gvardiola bilan ishlashdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlarini bildirdi. Fransiyalik futbolchi Ispaniyalik murabbiyning prinsiplariga «mos kelmasligi» haqidagi taxminlarga qaramay, Angliyadagi debyut mavsumida o‘zini yorqin ko‘rsata oldi.

«Pep bilan ishlash — bu o‘zgacha tuyg‘u. Uning futbolga bo‘lgan qarashi, ya’ni doimiy ravishda to‘pga egalik qilish, doim hujum qilish va ijodkorlik menga juda yaqin. Murabbiy bizga katta erkinlik beradi, maydonda o‘z iqtidorimizni ko‘rsatishimizga imkon yaratadi», — deya Sherkining so‘zlarini City Report nashri keltirmoqda.

Shanba kuni «shaharliklar» o‘z uyida «Brentford»ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 07:15, 09.05.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик