Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kubarsi Ispaniya terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Kubarsi Ispaniya terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi bo‘lajak jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining istiqbollari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yevropaning amaldagi chempionlari guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.

«Menimcha, so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarni hisobga olsak, Ispaniya turnir favoritlaridan biri hisoblanadi. Jamoamiz — haqiqiy oila, bu esa sovrinlar uchun kurashda jiddiy ustunlik beradi. Bizda ajoyib tarkib bor va jahon chempionatiga boradigan har bir futbolchi mamlakatimizni xursand qilish uchun bor kuchini beradi», — deya Kubarsining so‘zlarini Barca Buzz nashri keltirmoqda.

«Qizil furiya» o‘z tarixida bir marta — 2010 yilda mundial g‘olibiga aylangan.

Kiritildi: 07:19, 09.05.2026.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик