Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Men hech qachon futbolchilarga to‘p bilan nima qilish kerakligini aytmayman»

Gvardiola: «Men hech qachon futbolchilarga to‘p bilan nima qilish kerakligini aytmayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasi futbolchilarida erkinlik yo‘qligi haqidagi miflarni rad etishda davom etmoqda. Ispaniyalik mutaxassis uning vazifasi futbolchilar harakatini qat’iy algoritmga bo‘ysundirish emasligini tushuntirib berdi.

«Albatta, har kimning o‘z roli bor — ayniqsa, intizom talab etiladigan himoyada. Biroq, to‘p bizda bo‘lganida, men hech qachon futbolchiga: O‘ngga yur, chapga yur, u yerga pas ber, zarba ber yoki to‘pni uzatib ber, deb aytmayman. Hech qachon! Mening vazifam — futbolchilarni maydonda shunday joylashtirishdan iboratki, ularda to‘p bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun imkon qadar ko‘proq vaqt va bo‘sh joy bo‘lsin. Boshqa hech narsa emas», — deya tushuntirdi Gvardiola «Brentford» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ayni damda «shaharliklar» Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borishmoqda va zaxirasida bitta o‘yin bo‘lgani holda «Arsenal»dan besh ochko ortda qolishmoqda.

Kiritildi: 07:37, 09.05.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик