Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Turkiya Superligasi: Shomurodov va Fayzullayev gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» yirik g‘alabaga erishdi

Turkiya Superligasi: Shomurodov va Fayzullayev gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» yirik g‘alabaga erishdi

Baho:
+1 | -

Turkiya chempionatining 33-turi doirasida Istanbulning «Bashakshehir» jamoasi o‘z maydonida «Samsunspor» klubini qabul qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan ushbu klub navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi. E’tiborlisi shundaki, o‘yin taqdirini hal qilgan gollardan ikkitasiga aynan o‘zbekistonlik legionerlar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvning bor-yo‘g‘i 6-daqiqasidayoq Eldor Shomurodov penaltidan hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Tajribali hujumchi o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, uni to‘liq o‘tkazdi va o‘zining faol harakatlari bilan raqib himoyachilariga katta qiyinchilik tug‘dirdi.

O‘yinning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan iste’dodli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. U 78-daqiqada raqib darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi. Shuningdek, «Bashakshehir»ning yana bir goliga 43-daqiqada Sari mualliflik qildi.

Turkiya Superligasi. 33-tur
«Bashakshehir» – «Samsunspor» — 3:0
Gollar: Shomurodov (6), Sari (43), Fayzullayev (78).

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bashakshehir» ochkolari sonini 54 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Samsunspor» esa 48 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 00:30, 10.05.2026.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик