Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiolaning birgina harakati matbuot anjumanida kulgiga sabab bo‘ldi (FOTO)

Gvardiolaning birgina harakati matbuot anjumanida kulgiga sabab bo‘ldi (FOTO)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» «Brentford»ni mag‘lub etib (3:0), peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi. Chempionlik uchun kurashayotgan har ikki jamoa ixtiyorida yana 3 tadan o‘yin qolgan.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumani yakunida «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola o‘ziga xos harakat bilan jurnalistlar e’tiborini tortdi. Murabbiy joyidan turishdan oldin qo‘llarini yuqori ko‘tarib, ularni chappashtirgan holatda «krest» (X) belgisini ko‘rsatdi. Ma’lumki, ushbu jest Londonning «Vest Xem» klubi ramzi hisoblanadi.

Bugun, yakshanba kuni «Vest Xem» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Gvardiola shu tariqa bo‘lajak bahsda «bolg‘achilar»ga muxlislik qilishi va London klubining ochko yo‘qotishidan manfaatdor ekaniga sha’ma qilgan.

Kiritildi: 06:06, 10.05.2026.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик