Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Keynning «Bavariya»dagi taqdiri oy oxirida hal bo‘ladi

Keynning «Bavariya»dagi taqdiri oy oxirida hal bo‘ladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn yaqin orada jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keladi. Insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, angliyalik to‘purar may oyi oxirida klub rahbariyatiga yakuniy javobini aytadi.

Myunxenliklar 32 yoshli hujumchiga amaldagi shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan. Yangi kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan. Keynning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 55 bor ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:45, 10.05.2026.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик