Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Alvares "Atletiko"ni tark etmoqchi

Alvares "Atletiko"ni tark etmoqchi

Baho:
+ | -

"Atletiko" Madrid klubining yozgi transfer bozoridagi faoliyati hujumchi Xulian Alvaresning jamoadagi kelajagiga bevosita bog‘liq bo‘lib turibdi.

Cadena SER nashrining xabariga ko‘ra, madridliklarning ko‘plab vakillari argentinalik forvard jamoadan ketishni istayotganligini taxmin qilishmoqda. Klub rahbariyati futbolchining agentlari allaqachon "Barselona" bilan aloqaga chiqqanidan xabardor. Shuningdek, "Arsenal" klubi bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan, biroq "Manchester Siti" sobiq a’zosi Angliyaga qaytishni xohlamayapti. "PSJ" ham Alvaresning vakillari muloqot qilgan jamoalar ro‘yxatidan joy olgan.

Hozircha yuqorida qayd etilgan klublarning hech biri rasmiy taklif bilan "Atletiko"ga murojaat qilgani yo‘q. Madrid klubi Alvaresni sotish niyatida emas va potensial xaridorlardan 100 million yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ talab qilmoqchi. Klub menejerlarining fikricha, hozirgi sharoitda biror-bir jamoa bunday katta xarajatga qo‘l urishi amrimahol.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Xulian Alvares La Liga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 21:24, 10.05.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик