Ben Jeykobsning xabar berishicha, "Napoli" "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylundning ijarasi to‘liq transferga aylanishi uchun zarur bo‘lgan shartlarni bajarishga juda yaqin turibdi.
Klublar o‘rtasidagi kelishuv 38 million funt sterling evaziga majburiy sotib olish bandini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u "Napoli" kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan taqdirda faollashadi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" ayni damda A Seriya turnir jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













