Lissabonning "Sporting" klubi joriy yozgi transfer oynasida himoyachisi Maksi Arauxo bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmoqda.
Klub rahbariyati futbolchini faqatgina shartnomada ko‘rsatilgan 80 million yevrolik tovon puli to‘langan taqdirdagina qo‘yib yuborishini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenhem" klublari 26 yoshli urugvaylik futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazib ulgurgan. Biroq ingliz klublari Arauxoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun Lissabon klubining qat’iy moliyaviy talabiga duch kelishdi.













