«Chelsi»ning sobiq sardori Jon Terri Xabi Alonsoning London klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Shubhasiz, Xabi Alonso yaxshi murabbiy. Biz uning ishlarini ko‘rdik, g‘oyalari va uslubi juda aniq. Biroq «Chelsi» — bu boshqa daraja. Hozirgi vaziyatda bizga shunchaki yaxshi murabbiydan ko‘ra ko‘proq narsa kerak.
Bizga yuqori saviyada katta tajribaga ega bo‘lgan, eng kuchli ligalarda o‘ynagan va boshqargan, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish uchun nima kerakligini tushunadigan mutaxassis zarur. Bu klub aynan mana shunday mentalitet ustiga qurilgan. Gap potensial haqida emas, balki isbotlangan sifat haqida ketmoqda. Aynan shu narsa hozirda «Chelsi» uchun juda muhim», — dedi Terri.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonsoning oxirgi ish joyi Madridning «Real» klubi bo‘lgan edi. U «qirollik klubi»ni 2025 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha boshqargan.













