Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Real» La Ligada VAR qarorlaridan eng ko‘p jabr ko‘rgan jamoa bo‘ldi

«Real» La Ligada VAR qarorlaridan eng ko‘p jabr ko‘rgan jamoa bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya ommaviy axborot vositalari Madridning «Real» klubi nima sababdan hakamlikdan norozi ekanini tushuntiruvchi statistikani e’lon qildi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsumda «qaymoqranglilar» La Ligada VAR tizimining aralashuvidan eng ko‘p «jabr ko‘rgan» jamoaga aylangan. Tizim madridliklarga qarshi 11 marta qaror chiqargan bo‘lsa, faqatgina 3 holatda «Real» foydasiga xulosa bergan. Bu Ispaniya chempionati klublari orasidagi eng yomon ko‘rsatkich (manfiy balans) hisoblanadi.

Taqqoslash uchun «Barselona»ning statistikasi keltirilgan: kataloniyaliklar foydasiga chiqarilgan qarorlar raqiblar foydasiga chiqarilganlaridan 5 taga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yaqinda 35-tur doirasida «Real»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) g‘alaba qozonib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Alvaro Arbeloa boshchiligidagi Madrid jamoasi hozirda «ko‘k-anorranglilar»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 10:45, 13.05.2026.
O'qildi: 306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик