Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lasio» - «Inter». Italiya kubogi finalida jamoalarning imkoniyatlari baholandi

«Lasio» - «Inter». Italiya kubogi finalida jamoalarning imkoniyatlari baholandi

Baho:
+ | -

Bugun, 13 may kuni Italiya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechadigan bahsda «Lasio» va Milanning «Inter» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ekspertlar bo‘lajak finalda «Inter» jamoasini mutlaq favorit sifatida ko‘rishmoqda. Tahlillarga ko‘ra, Milan klubining asosiy vaqtda g‘alaba qozonish imkoniyati 55,6 foizga baholanmoqda. «Lasio»ning muvaffaqiyati esa bor-yo‘g‘i 17,7 foizni tashkil etmoqda. Asosiy vaqtda durang qayd etilishi ehtimoli — 26,7 foiz.

Umumiy natija, ya’ni qo‘shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasini inobatga olgan holda, «Inter»ning kubokni qo‘lga kiritish imkoniyati 70,7 foiz, «Lasio»niki esa 29,3 foiz etib belgilangan.

Kiritildi: 13:04, 13.05.2026.
O'qildi: 396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик