Kirish Ro'yxatdan o'tish

Serdar Azmun Rossiyaga qaytishi mumkin

Serdar Azmun Rossiyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Eronlik hujumchi Serdar Azmun kelayotgan yozgi transfer oynasida Rossiya chempionatiga qaytishi mumkin. Ushbu imkoniyatni futbolchining agenti Mehdi Xagitali istisno etmadi.

«Serdar Rossiyaga qaytishdan doim xursand! Shu yozda qaytish imkoniyati, albatta, mavjud. Agar RPL klublaridan biridan munosib taklif tushsa, biz uni ko‘rib chiqishga tayyormiz», — deya Xagitalining so‘zlarini keltiradi Sport24.

Shu bilan birga, agent hozirda Azmunning transferi bo‘yicha birorta ham aniq taklif yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Serdar Azmun ayni damda BAAning «Shabab Al-Ahli» klubi sharafini himoya qilmoqda. Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchini 7 million yevroga baholashgan. Eslatib o‘tamiz, Azmun faoliyati davomida Rossiyada «Rubin», «Rostov» va «Zenit» jamoalarida to‘p surgan.

Kiritildi: 18:49, 13.05.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик