Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres Vinisiusning kelajagi haqida gapirdi

Florentino Peres Vinisiusning kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yulduzi Vinisius Junior bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Klub rahbarining ta’kidlashicha, bu masalada ortiqcha shoshma-shosharlikka o‘rin yo‘q.

«Vinisius bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapmiz. Oldimizda muzokaralar uchun hali butun boshli mavsum bor. Ko‘pchilik hamma narsaga men javob beraman deb o‘ylaydi, lekin bu sport direktorining ishi. Shuni aytishim mumkinki, Vini — «Real»ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. So‘nggi Chempionlar Ligasidagi g‘alabamizni aynan u ta’minlab bergandi», — deya Peresning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli braziliyalik hujumchi 2018 yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 11:05, 14.05.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик