Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sen JCHga bormaysan!»: Neymar o‘zini haqorat qilgan muxlisga ajoyib javob qaytardi

«Sen JCHga bormaysan!»: Neymar o‘zini haqorat qilgan muxlisga ajoyib javob qaytardi

Baho:
+ | -

Braziliya kubogi 1/16 finali doirasida «Santos» mehmonda «Koritiba» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda 34 yoshli Neymar golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

Biroq o‘yinning eng diqqatga sazovor voqeasi 84-daqiqada, futbolchi zaxiraga olinayotgan paytda yuz berdi. Stadiondagi «Koritiba» muxlislaridan biri maydonni tark etayotgan yulduzga qarata: «Sen jahon chempionatiga bormaysan!» deb baqirdi.

Neymar bunga javoban kulib qo‘ydi va muxlisga «havo bo‘sasi»ni yo‘llab, shunday dedi: «Shundaymi? Sen esa turnirni uyingda o‘tirib tomosha qilasan».

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak mundial uchun 55 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro‘yxatga kiritgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yakuniy qaydnomadan esa faqat 26 nafar futbolchi joy oladi.

Kiritildi: 11:07, 14.05.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик