Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» yulduzi Madrid klubiga taklif qilindi

«Yuventus» yulduzi Madrid klubiga taklif qilindi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi serbiyalik markaziy hujumchi Dushan Vlaxovich bilan xayrlashish arafasida turibdi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati yakunlanib bormoqda.

Football-Italia nashri bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli hujumchining xizmatlari Madridning «Atletiko» klubiga taklif qilingan. «Matraschilar» serbiyalik futbolchini erkin agent maqomida, ya’ni tekinga qo‘lga kiritishlari mumkin.

Vlaxovich «keksa sinyora» safida 2022 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning turinliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Hozirda Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Dushan Vlaxovich Italiya A Seriyasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:01, 14.05.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик